Sirdaryo viloyatining Oq-oltin tumanida joylashgan “TRADE AGRO” korxonasi quritilgan meva mahsulotlarini Qozogʻiston va Belarus Respublikalariga eksport qilmoqda.  

Mazkur eksportyor korxonaga hozirda Yevropa va Yevro Osiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlarida mahsulotlar uchun talablarni belgilovchi 15 dan ziyod xalqaro standartlar taqdim etildi.