Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi "Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 699-son qarori talablariga muvofiq, loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyati samaradorligini hamda natijadorligini oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, qurilish-montaj ishlarining sifatini yaxshilash maqsadida, qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini aniqlashda xalqaro ISO 9001, ISO 14001 va ISO 45001 standartlarni joriy qilishga ahamiyat qaratilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu xalqaro standartlar asosida akkreditatsiyadan oʻtgan sertifikatlashtirish idoralarining roʻyxati hamda ular haqidagi boshqa qoʻshimcha maʼlumotlar bilan “Akkreditatsiya markazi” davlat unitar korxonasining rasmiy saytida (https://akkred.uz/reestr?page=...) tanishishingiz mumkin.
Qoʻshimcha ravishda, ushbu saytlar foydalanishga qulay boʻlib, u yerda joylashgan maʼlumotlar doimiy ravishda yangilanib borilishini maʼlum qilamiz.
Menejment tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi.