Armaturali prokat xarid qilganda quyidagilarga eʼtibor qarating.
- Muvofiqlik sertifikati mavjudligi;
- Mahsulot toʻpining laboratoriya sinov bayonnomasi mavjudligi;
Mahsulot oʻrami ikki chetida yorliq, unda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
- Ishlab chiqargan mamlakat;
- Ishlab chiqaruvchi korxona nomi;
- Yuridik manzili;
- Mahsulot nomi:
- Armaturali prokat sinfi (masalan A240, A300, As300, A400, At400...);
- Poʻlat markasi (masalan St3ps, 10 GT, 35 GS, 25G2S...);
- Ishlab chiqarilgan sanasi (oy, yil);
- Quyish raqami (nomer plavki);
- Oʻramdagi mahsulot vazni (kg);
- Geometrik oʻlchamlari;
- Saqlash sharoiti yoki manipulyatsiya belgilari;
- Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi meʼyoriy hujjat raqami;
- Sertifikat toʻgʻrisida maʼlumot (muvofiqlik belgisi);
- Yorliq ishonchli, yaxshi oʻqiladigan, yaxshi mahkamlangan, uzoq muddat turadigan boʻlishi lozim.
Armaturali prokatning har 1.8m. dan uzoq boʻlmagan qismida “Uz” belgisi, ishlab chiqaruvchi korxona tovar belgisi va prokat sinfi koʻrsatilgan tamgʻasi boʻlishi kerak.
Manba: “Qurilishda qoʻllaniladigan, qora metalldan tayyorlangan metall mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Maxsus texnik reglament (MTR.010-2020)