“Oʻzstandart” agentligi va tizim tashkilotlari vakillari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Sir emaski, soʻnggi vaqtlarda amalga oshirilayotgan jiddiy islohotlar qatorida Oʻzbekiston uchun korrupsiyaga qarshi kurashish asosiy ahamiyatga ega vazifalardan biriga aylandi. Chunki korrupsiya nafaqat demokratiyaning, umuman har qanday taraqqiyotning kushandasi hisoblanadi.

Joriy yilning fevral oyida Adliya vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan chek varaq toʻldirish orqali korrupsiyaviy omillarni aniqlashni nazarda tutuvchi mutlaqo yangi tartib joriy etildi.

Bunda, hujjatning har bir normasi va qoidasi tahlil qilinib, korrupsiyaviy omil bor yoki yoʻqligi cheklistda aks ettiriladi.

Seminarda xodimlarga mazkur mavzular yuzasidan toʻliq maʼlumotlar berildi.