“Oʻzstandart” agentligi, Indoneziya milliy standartlar agentligi, Indoneziya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi hamkorligida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Indoneziya munosabatlarining texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, savdo-sotiqdagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etishda muvofiqlikni baholash natijalarini oʻzaro tan olish kabi dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Soha yoʻnalishdagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi oʻzaro aloqalarni chuqurlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi