Bugun “Oʻzstandart” agentligi va “OʻzTest” markazi hamkorligida “Hududlarda xalqaro GLOBAL G.A.P standartini joriy etishning afzalliklari” mavzusida GLOBAL G.A.P standarti boʻyicha ekspert Aktam Azizov ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.
Oʻtkazilgan seminarda 60 dan ortiq hududlardagi meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer, dehqon va bogʻdorchilik xoʻjaliklari, eksportyor korxonalar hamda Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi mutaxassislari ishtirok etdilar.
Seminar yakunida mavzuga oid savol va takliflar bildirilib, mutaxassislar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi. Seminar bahs va munozaralar asosida yakunlanib, bunday uchrashuvlarni tizimli tashkil etishga kelishib olindi.
Menejment tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish va
Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi