“Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamkorligida TÜV AUSTRIA TURK idorasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro ishonch, hamkorlik va manfaatdorlikka asoslangan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilib, standartlashtirish, mahsulotlar sinovi va muvofiqlikni baholash sohalardagi dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, tarmoq sohalarida standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, sifat milliy infrastrukturasini rivojlantirish, ichki bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish, axborot texnologiyalari sohalarida yuksak salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash, xorijiy tajriba oshirish yuzasidan hamkorlikni yana-da rivojlantirish boʻyicha fikr almashildi.
Shuningdek, TÜV AUSTRIA TURK kompaniyasi vakillari Standartlar instituti faoliyati va Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining sinov laboratoriyalari bilan tanishdi.
Uchrashuv soʻngida TÜV AUSTRIA TURK vakillari “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan aloqalarni yana-da mustahkamlash, Agentlik va uning quyi tashkilotlari tizimini rivojlantirishda zarur ishlar olib borishga tayyor ekanligini bildirdi.
“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi