Prezidentimiz mamlakatda olib borilayotgan ulkan qurilishlarga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida zamonaviy, tejamkor va arzon qurilish materiali boʻlgan gazobeton ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularning faoliyatlariga koʻmaklashish zarurligini taʼkidlagan edi.

 “Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori Dilshod Sattarov mazkur topshiriq ijrosi boʻyicha Sirdaryo viloyatida yangi tashkil etilgan “YANGIOBOD-BUNYODKOR-QURILISH” korxonasida boʻlib, gazobeton ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

Korxona rahbari bilan suhbatda, ishlab chiqarish quvvatlarini yana-da kengaytirish, mahsulotning raqobatbardoshligini taʼminlash masalalari bilan qiziqdi va ushbu masalalarda agentlik tomonidan zarur yordam koʻrsatilishini bildirdi.