Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni ijrosini taʼminlash hamda xodimlar ish samaradorligini oshirish maqsadida “Oʻzstandart” agentligi markaziy apparati xodimlari uchun kompyuter savodxonligi boʻyicha onlayn oʻquv kursi boʻlib oʻtmoqda.
Unda Axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari koʻmagida xodimlarning raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirmoqdalar.