Hozirgi kunda texnik reglamentlar soni 53 tani tashkil etmoqda. Joriy yil yakuniga qadar YEOII da qabul qilingan hamda Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlmagan 26 ta texnik reglamentlarni qabul qilishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan 11 ta texnik reglamentni YEOII da oʻxshash texnik reglamentlar bilan uygʻunlashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad, yurtimizda milliy sifat infratuzilmasini shakllantirishga qaratilgan.