“Oʻzstandart” agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasi va Yevropa Ittifoqidagi vakolatxonasi   hamkorligida Niderlandiyaning NH Logistic  kompaniyasi bosh ijrochi direktori Teodorus Shreurs  va ushbu kompaniyaning Toshkentdagi vakolatxonasi Biznesni rivojlantirish boʻyicha menedjeri Lobar Mirsagatova bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Unda  mamlakatimizda muvofiqlikni baholash sohasida olib borilayotgan  islohotlar, xorijiy va mahalliy tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar uchun ushbu sohada yaratilayotgan qulayliklar, sohada ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, barqaror, samarali va yaxlit tizimni yaratish maqsadida joriy etilgan zamonaviy axborot texnologiyalar yuzasidan suhbat boʻlib oʻtdi. 

Muvofiqlikni baholash sohasida Yevropa va jahon tajribasini oʻrganish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Muzokaralar chogʻida NH Logistic  kompaniyasi vakillarini muvofiqlikni baholash sohasida qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.

Uchrashuv soʻngida NH Logistic  kompaniyasi bosh ijrochi direktori Teodorus Shreurs  “Oʻzstandart” agentligi vakillariga iliq qabul uchun minnatdorchilik izhor etib, muvofiqlikni baholash sohasida Yevropa va Jahon tajribasi boʻyicha fikr almashishga doim tayyor ekanligini bildirdi.

«zstandart» agentligi

Xalkaro hamkorlik boshqarmasi