“Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan tizimga malakali va eng munosib kadrlarni ochiq mustaqil tanlov orqali tanlab olish borasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.
Unga koʻra, “Oʻzstandart” agentligi va uning tizimidagi Departamentda mavjud vakant lavozimlarga meritokratiya, ochiqlik va muqobillik tamoyillari asosida ishga qabul qilish xodimlarni boshqa lavozimga oʻtkazish jarayonida shaffoflikni taʼminlash asosida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (https://vacancy.argos.uz/) orqali amalga oshiriladi.
Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan nomzodlar mazkur portaldan roʻyxatdan oʻtishlari, mavjud vakant lavozimni tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.