“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departament hamda Standartlar instituti tomonidan «Gazobeton mahsulotlarini ishlab chiqarishda standartlarni joriy qilish, tayyor mahsulotni sertifikatlashtirish va sinovlarini tashkil qilish» mavzusida, qurilish uchun moʻljallangan gazoblok (gazobeton) ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan mahsulotlarining sifatli va mustahkam ishlab chiqarish uchun standart talablari, xalqaro meʼyorlar, sinovlarni oʻtkazish hamda sertifikatlashtirish masalalari yuzasidan oʻquv seminari tashkil etildi.
Tadbir rejasiga koʻra, soha vakillari uchun Departament hamda Standartlar institutining yetakchi mutaxassislari seminar darslari oʻtkazishdi.
Unda:
• Gazobeton mahsulotlariga talluqli standartlarni mazmuni va mohiyati;
• Gazobeton mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mutaxassislarni standartlashtirish, metrlogiya va sertifikatlashtirish yoʻnalishida tayyorlash va malakasini oshirish;
• Gazobeton mahsulotlarini sinovi va sertifikatlashtirish tartibi,
kabi mavzular qamrab olingan.
Seminar treningda qatnashgan ishtirokchilar, mahsulotning sifat koʻrsatgichlarini oshirish, standartlar va xalqaro meʼyor talablari bilan tanishish va mutaxassislarni tayyorlash yuzasidan bergan barcha savollarga javob oldilar.