“Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston davlatidagi elchixonasi hamkorligida Hindiston Standartlar Byurosi (BIS) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Hindiston munosabatlarining standartlashtirish, mahsulotlar sinovi va muvofiqlikni baholash natijalarini tan olish sohalardagi dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Hindiston Texnik va Iqtisodiy Hamkorligi (ITEC) grant dasturi boʻyicha fikr almashildi.

Soha yoʻnalishdagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi oʻzaro aloqalarni chuqurlashtirish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Muzokaralar chogʻida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.

“Oʻzstandart” agentligi

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi