“Oʻzstandart” agentligi tomonidan Samarqand viloyati Urgut va Samarqand tumanlarida mahalliy uzum yetishtirayotgan korxona va fermer xoʻjaliklari uchun “Global GAP” standarti talablari boʻyicha seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda “Global GAP” standartini joriy etish va mazkur standart asosida eksport koʻrsatkichlarini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.