“Oʻzstandart” agentligi tomonidan Respublikamizning eksport va investitsiya salohiyatini rivojlantirish maqsadida yurtimizdagi “Next Generation Product” va “Cotton Textile” korxonalarida xalqaro standart joriy etilib, xalqaro standartlar asosida mahsulot sinovlari amalga oshirildi.
Natijada Next Generation Product MCHJ QKda TUV NORD Baltik muvofiqlikni baholash idorasi, Cotton Textile MCHJda Siscertifications muvofiqlikni baholash idorasidan tegishli sertifikat olinib, SE markirovkasini qoʻllashga erishildi.
Ushbu SE markirovkasi mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchilarga oʻz mahsulotlarini Yevropa standartlariga muvofiq ishlab chiqarish, sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish va ularni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirishga yordam beradi.
“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi