Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Samarqand filiali tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda “Samarqand” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida mahalliy mahsulotlarni eksport qiluvchi va import mahsulotlarni olib keluvchi tadbirkorlar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda muvofiqlikni baholash sohasidagi yangiliklar, eksportyor korxonalarga yaratilayotgan imtiyozlar tushuntirildi, xususan, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 724-sonli, 2021-yil 30-yanvardagi 43-sonli qarorlariga alohida toʻxtalib oʻtildi.