“Oʻzstandart” agentligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamkorligi Qishloq xoʻjaligi, Qurilish, va Sogʻliqni saqlash vazirliklari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ishtirokida Xalqaro savdo markazi (ITC, Jeneva) bilan hamkorlikda Jahon Savdo tashkilotining “Savdodagi texnik toʻsiqlar” va “Sanitariya va fitosanitariya choralari” bitimlariga oid “Texnik reglamentlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda mahsulotlarni tartibga tartibga solish amaliyoti” mavzusidagi videokonferensaloqa orqali seminar oʻtkazildi.

 

Tadbirda sohaga oid qonunlarni Jahon Savdo Tashkilotining “Savdodagi texnik toʻsiqlar” va “Sanitariya va fitosanitariya choralari” bitimlariga oid talablari bilan uygʻunlashuvi va takomillashuvi boʻyicha fikr almashildi.

Tadbir natijalariga koʻra, savdodagi texnik toʻsiqlar, sanitar va fitosanitar choralar Bitimlarni talqin qilinishi hamda milliy qonunchilikni bitimlariga uygʻunlashtirish boʻyicha Xalqaro Savdo Markazi ekspertlari tomonidan doimiy trening-seminarlar oʻtkazishga kelishib olindi.

“Oʻzstandart” agentligi

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi