Bugun erta tongdan respublikamizning barcha hududlarida boshlangan umumxalq xayriya hashari doirasida oʻtkazilishi belgilangan tevarak-atrofni tartibga keltirish, ariq-zovurlarni tozalash, daraxtlarga shakl berish va koʻchat oʻtqazish ishlarini “Oʻzstandart” agentligi xodimlari ham uyushqoqlik bilan boshlab yuborishdi.
Navroʻz bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik koʻrish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos boʻlgan oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yana-da kuchaytirish maqsadida oʻtkazilayotgan umumxalq hashari yurtimizni yana-da fayzli boʻlishida oʻziga xos vazifani oʻtaydi.