Bugun “Oʻzstandart” agentligi mutaxassislari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etib, Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy qonunchilikni YEOII meʼyorlari bilan uygʻunlashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlari yuzasidan axborot berdilar.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Savdo sanoat palatasi va tadbirkorlik subyektlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Qizgʻin taklif va tavsiyalar asosidagi uchrashuvda texnik jihatdan tartibga solish sohasida muhokama etilgan masalalar yuzasidan kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.