Mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etishda koʻmaklashish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda tashqi bozorlarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi toʻsiqlarni aniqlash va bartaraf etish muhim hisoblanadi.

Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida hududlardagi 21 ta korxonaga, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, metrologiya va xorijiy davlatlarning talablari bilan taʼminlanishida amaliy yordam koʻrsatildi. Amaliy yordam natijasida mahalliy mahsulotlarimiz Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Polsha, Xitoy Xalq Respublikasi, Tojikiston davlatlariga eksport qilinishiga erishildi.

Mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilish boʻyicha maʼlumotlar olish uchun Eksportga koʻmaklashish byurosi (+998 71 20200 11, ichki 1171) ga murojaat qilinishi mumkin.

 

Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi