Sanoat va isteʼmol mahsulotlarni ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish bir jarayon boʻlsa, ularni eksportga tayyorlash muhim jarayon hisoblanadi. Bu borada xorijiy mamlakatlarning oʻziga yarasha qatʼiy import talablari mavjud.

“Oʻzstandart” agentligi tomonidan korxonabay ishlash orqali xalqaro standartlar joriy etilib, SE markirovkasi, FSSC 22000 va xalqaro ISO sertifikatlarini olishda amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahridagi faoliyat koʻrsatayotgan “Europrint” Kokand MCHJda FSSC 22000 va xalqaro

ISO standartlari joriy etish boʻyicha uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Xalqaro hamkorlik boshqarmasi, Standartlar instituti mutaxassislari tomonidan “Europrint” Kokand korxonasi masʼullariga mahsulot sifati va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilangani va albatta ushbu koʻzlangan maqsadlarga erishishda xalqaro standartlar muhimligi tushuntirildi.

Shu bilan birga bugungi kunda, eksportyor korxonalar faoliyati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgani, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori va moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi atroflicha maʼlumot berildi.

“Oʻzstandart” agentligi

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi