Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti Navoiy filiali xodimlari tomonidan gazobeton ishlab chiqarish jarayoni oʻrganilib, amaliy yordam koʻrsatib kelinmoqda.

Departament mutaxassislari “Zarafshan goldenen group” korxonasida gazobeton qurilish mahsulotini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar hamda mahsulotlarni xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarish masallarda tegishli tavsiyalarni berdilar.