Ayol va bahor soʻzlari bir-biriga qanchalar yaqin boʻlganidek, goʻzallik va maftunkorlikda ham bahoriy yurtimiz ayollarining latifliklariga havas ila boqadi.
Oʻzlari goʻzal boʻlgan holda, oilada mahalla va jamiyatimizning turli sohalarida fidoiylik bilan mehnat qilib, ijobiy muhit yaratib kelayotganliklari alohida eʼtirofga loyiq.
8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Oʻzstandart” agentligida “Ayol borki, olam munavvar” deb nomlangan maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida xotin-qizlarning oʻrni sezilarli boʻlayotgani taʼkidlanib, ularga sovgʻalar ulashildi.