Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida,  “Oʻzstandart” agentligi bir oy muddatda joylarga chiqib, har bir hududda gazobeton ishlab chiqaruvchilarni standartlarga oʻrgatib, mahsulotlarini sertifikatlash dasturini amalga oshirishi topshirigʻi berilgan edi.

“Oʻzstandart” agentligi mazkur topshiriqning ijrosini taʼminlash maqsadida bugunning oʻzida  Toshkent viloyati “Toshkent temir Beton” UK, "East Mining Invest“ KK, «Mega blok invest ment» MCHJ, ”Ramuz" gazobeton ishlab chiqaruvchilarni standartlarga oʻrgatish, mahsulotlarini sertifikatlash masalalarida yordam koʻrsatishni boshladi.

 Ishlab chiqarishda ishlayotgan texnolog mutaxassislarning malakasini oshirish, laboratoriya sinovlariga oʻrgatish masalalarida maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.