Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yigʻilishi doirasida, “Oʻzstandart” agentligi va Belarus Davlat standartlashtirish qoʻmitasi oʻrtasida Hamkorlik dasturi imzolandi.

Imzolangan Hamkorlik Dasturi ikki davlat oʻrtasida standartlashtirish, metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish va IT-texnologiyalari, malakali kadrlar tayyorlash sohalarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

“Oʻzstandart” agentligi

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi