Standartlar institutida tizimdagi rahbar va xodimlarni respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, 2021-yil davlat dasturida belgilangan vazifalar va sohani xalqaro talablar asosida rivojlantirishga qaratilgan oʻquv dasturi asosida maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Malaka oshirish kursiga maʼruza va treninglarni oʻtish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professor oʻqituvchilari, agentlik boshqarma boshliqlari va ilmiy pedagoglar jalb qilindi.
Ushbu maxsus maqsadli kurs dasturiga asosan, 2021-yil 1-mart kuni tinglovchilar Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan Texnopark hududida amaliy mashgʻulotda boʻldilar. Mashgʻulotdan koʻzlangan asosiy maqsad, nazariy bilimlarni mustahkamlash va ishlab chiqarish amaliyoti bilan uzviy, uygʻunlashtirgan holda darslarni tashkil etishdan iborat boʻldi.