Oʻzstandart» agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti, “UzTest” DUK Samarqand filiali va “UzMMI” Samarqand filiali masʼullari hududdagi korxonalarda “Korxonabay” ishlash tizimini yoʻlga qoʻygan holda, uchrashuvlar tashkil etmoqda.

Navbatdagi uchrashuvlar Urgut tumanida joylashgan “Ideal Elektro Lux” MCHJ QK, “Alfa Max Alliance” MCHJ QK va “Sam-Ferre” XK ishlab chiqarish korxonalarida oʻtkazildi.

Uchrashuvda ushbu korxonalarga ishlab chiqaradigan mahsulotlarni xalqaro standartlar bilan taʼminlash, mahsulotlar sertifikatlashtirish, sifat tizimlarini sertifikatlashtirish va oʻlchov vositalarini qiyoslash koʻrigidan oʻtkazish yoʻnalishlarida batafsil tushunchalar berildi.

Bu boradagi ishlar uzviy davom ettirilmoqda.