Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazining “Sinov laboratoriyalarini xalqaro Oʼz DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablari asosida akkreditatsiyadan oʻtkazishning ahamiyati” mavzusidagi matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur tadbirda mutaxassislar tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillariga mahsulotlarning sinovi, sinov laboratoriyalar tomonidan oʻtkazilishi milliy qonunchiligimizda hamda xalqaro meʼyorlarda belgilab qoʻyilganligi, standart xalqaro meʼyor bilan toʻla uygʻunlashgan va xalqaro talablarni oʻzida mujassamlashtirganligi, laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot (ILAC) ning MRA bitimi talabi ham sinov laboratoriyalarining ushbu standart talablariga mos boʻlishi kabi masalalar toʻgʻrisida maʼlumotlar berilmoqda.