Joriy yilning 1-mart kuni “Oʻzstandart” agentligi «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi bilan hamkorlikda “Uz-Kor Textile Technopark” binosida “Xalqaro standartlarni joriy etish va mahsulot eksportini oshirish” mavzusida eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi toʻqimachilik sanoati korxonalari uchun seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda bugungi kunda mahsulotlar sifatini oshirish, xorijiy bozorlarda toʻqimachilik mahsulotlariga qoʻyiladigan talablardan kelib chiqqan holda sertifikatsiyadan oʻtkazish, milliy kiyim brendlarini tashqi bozorlarga olib chiqish va tovar belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish muhimligi taʼkidlab oʻtildi hamda sertifikatlashtirish organlari masʼul xodimlari tomonidan xalqaro standartlarni joriy etish va sertifikatlashtirish talablari yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi xalqaro ISO 9001:2015 standartini joriy qilganligi bois “SGS Tashkent Ltd” (Shveysariya) sertifikatlashtirish organi tomonidan muvofiqlik sertifikati topshirildi.