Respublikamiz toʻqimachilik sanoatida raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish boʻyicha barqaror oʻsish suratlarini taʼminlash maqsadida “Oʻzstandart” agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda xalqaro ekspert ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.
Unda soha korxonalari uchun xalqaro “Oeko-Tex Standart100”, “GOTS” (Global Organic Textile Standart) va BSI standartlari asosida sertifikatlashtirish jarayonlari hamda eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatishning tartibi yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.