“UzTest” Samarqand filiali hamda “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi Samarqand viloyat hududiy boʻlinmasi tashabbusi bilan “Tekstil va turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar ishlab chiqarish va eksport salohiyatini shakllantirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Davra suhbatida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan ayollarga yaratilayotgan imtiyozlar, mahsulotlarni eksport salohiyatini oshishida sifat menejmenti tizimi sertifikatining oʻrni, toʻqimachilik korxonalari uchun xalqaro tan olingan “Oeko-Tex Standart100», “GOTS”, “BSI” standartlarini joriy etish va sertifikatlashtirish jarayonlari toʻgʻrisida toʻxtalindi.

Seminar-trening yakunida tashabbuskorlar tomonidan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar berildi.