Ommaviy axborot vositalari xodimlari navbatdagi media-tur davomida Termiz shahri va tumanida joylashgan “Gold Dried Fruits Export” hamda “Surxon ipagi” ishlab chiqarish korxonalarida boʻldilar.
“Oʻzstandart” agentligining hududiy filiallari tomonidan ishlab chiqarish korxonalariga yaqindan koʻmak berish maqsadida tashkil etilgan ushbu press tur ishtirokchilari korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.