“Oʻzstandart” agentligi bugungi kunda soha yoʻnalishida Xalqaro Tarozi va oʻlchovlar byurosi (BIPM), Standartlashtirish tashkiloti (ISO), Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish kengashi (MGS), Qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (OIML), Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC), Yevropa Elektrotexnika Standartlashtirish Qoʻmitasi (CENELEC), Yevropa Standartlashtirish Tashkiloti (CEN), GLOBAL GAP tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari olib bormoqda.

Joriy yilning 22-24-fevral kunlari “Rahbar: Samarali boshqaruv texnologiyalari” dasturi boʻyicha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Oliy Diplomatiya maktabida vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari xodimlari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilariga Oliy diplomatiya maktabi professor-oʻqituvchilari tomonidan xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik, liderlik, yetakchilik, jamoa bilan ishlash, xodimlarni maqsadli ishlashga oʻrgatish va bugungi kun yosh rahbarlar oldiga oʻz ishiga innovatsion va gʻoyaviy ustunlik orqali yondashish boʻyicha maʼruza va amaliy mashgʻulotlar olib borildi.

Tadbir yakuniga koʻra ishtirokchilarga malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi sertifikat berildi.\

 

“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi