“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti va Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti Samarqand filiali mutaxassislari hamda OAV ishtirokida Prezidentimizning Oliy Majlisga  va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.

Oʻtkazilgan davra suhbatida Murojaatnomada 2021-yilda Respublikamizning rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlarining mazmun va mohiyati, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun “Oʻzstandart” agentligi va uning tizim tashkilotlari oldiga qoʻyilgan vazifalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, Murojaatnomada tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish boʻyicha yana-da qulay sharoitlar yaratish, bu maqsadda 105 ta litsenziya va ruxsatnoma turlari bekor qilish, 115 tasi boʻyicha esa tartib-qoidalar soddalashtirish, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq 5 mingga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qayta koʻrib chiqish, ularning soni qisqartirish hamda Tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqish masalasi davra suhbati jarayonida ishtirokchilar tomonidan  muhokama qilindi.