QOʻLLARNI DEZINFEKSIYALASH VOSITASI
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: Xitoy Xalq Respublikasi
Xavf turi: Quyish, Kimyoviy, Yongʻin, Sogʻliq uchun xavfli/ boshqa turdagi xavf
Tavsifi: 50 ml yashil qopqoqli plastik idishda. Mahsulot onlayn ravishda, xususan AliBaba Group orqali sotilgan.
Xavflilik darajasi: Mahsulotda metanol moddasi meʼyoridan kam. Bu esa foydalanuvchini bakteriya va mikroblardan himoya qilmasligi va kasallik yuqtirishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari mahsulot tarkibida metanol (oʻlchov qiymati: hajmi boʻyicha 26%) moddasi mavjud. Bu modda asab tizimi va koʻzga sezilarli darajada taʼsir qiladi. Bundan tashqari mahsulotda xavf xatar va qanday foydalanish haqida yoʻriqnoma mavjud emas. Bu esa foydalanuvchining mahsulot xavf xatari va zarari haqida maʼlumot ololmasligini bildiradi.
Mahsulot qadogʻi sifatsiz va yosh bola ularni osonlikcha ochishi mumkin. Agarda foydalanuvchi yoki yosh bola metanol moddasini ichib yuborsa oʻlimga olib kelishi yoki koʻziga tegsa koʻrish qobiliyatini yoʻqotishga olib keladi. Mahsulot Biotsid mahsulotlar talab va qoidalariga muvofiq emas.
Xabarnoma Shvetsiyadan tarqatilgan.
Axborot tizimiga kiritilgan sifatsiz mahsulotlar bilan sontrol.standart.uz elektron manzilida batafsil tanishishingiz mumkin.