O’zbekiston Milliy matbuot markazida “O’zstandart” agentligi huzuridagi Standartlar institutining “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish sohasi: sarhisob va istiqbolli rejalar” mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir davomida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasini har tomonlama takomillashtirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish natijalaridan kelib chiqqan holda Standartlar institutining bugungi faoliyati va ertangi rejalar, yangi loyihalar mavzusi muhokama qilinadi.
Shuningdek, mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozorda raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy omillar, mahalliy eksportchi tadbirkorlarni amaliy qo‘llab-quvvatlash, milliy qonunchilik zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash masalalalari tilga olinishi ko‘zda tutilgan.