Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda  mamlakatimizdagi mavjud  texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash, mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirishga oid qonunlarni xalqaro  meʼyoriy hujjatlar bilan takomillashtirish yuzasidan Xalqaro Savdo Markazi ekspertlari bilan vidoyekonferensiya shaklida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 

Tadbirda ushbu qonunlarni  Jahon Savdo Tashkilotining “Savdodagi texnik toʻsiqlar toʻgʻrisidagi” bitimi talablari bilan uygʻunlashuvi
va takomillashuvi boʻyicha fikr almashildi.

Unga koʻra 9-10-mart kunlari  savdodagi texnik toʻsiqlar, sanitar va fitosanitar choralar Bitimlarni talqin qilinishi hamda milliy qonunchilikni  bitimlariga uygʻunlashtirish boʻyicha Xalqaro Savdo Markazi ekspertlari tomonidan  treyning-seminar oʻtkazishga kelishib olindi.

 “Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro munosabatlar boshqarmasi