Davlat idoralari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Standartlar institutida ham standartlashtirish sohasiga yangi atamalarni kiritish, ularni mukammallashtirish, bu borada soha rivojida dolzarb boʻlgan zaruriy ishlarni amalga oshirish borasida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatida standartlashtirish sohasida xalqaro atamalar bilan uygʻunlashgan yangi soʻzlarni aniqlash, ularni amaliyotga kiritish masalalarida lingvist olimlarning taklif va fikrlariga tayanib ish koʻrish, bu ishga tilshunos olimlar, malakali mutaxassislarni jalb etish masalalari muhokama etildi.  

“Standartlashtirish sohasida xalqaro atamalar bilan uygʻunlashgan davlat tilidagi atama va tushunchalarning izohli lugʻati”ni yangicha tahrirda chop etilishi boʻyicha oʻzaro fikrlashib olindi, Mazkur lugʻatga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida,   ISO/MEK xalqaro standartlari va Butunjahon savdo tashkilotining hujjatlarida oʻz aksini topgan asosiy atama, tushuncha va taʼriflarni kiritish boʻyicha kelgusida qilinadigan ishlar rejalashtirildi.