“Oʻzstandart” agentligida “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan yoshlar hamda masʼullar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
Unda yoshlarning ijtimoiy himoyalash masalasi, laboratoriyalarda ishlayotgan yoshlarni ilmiy izlanishlar olib borishlari, hamda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash vazifalari yoshlar ishtirokida muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.