Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlar oʻzining dolzarbligi bilan ahamiyatlidir.
Belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzstandart” agentligini, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, va Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti Namangan filiali mutaxassislari bilan tashkil etilgan uchrashuvning asosiy mavzusi Murojaatnoma va undagi yoʻnalishlarning mazmun va mohiyatiga qaratildi..
Uchrashuvda koʻrgazmali vositalar namoyish etildi va Namangan viloyatidagi ommaviy axborot vositalarining xodimlari ishtirok etib, savol-javob tarzida sohadagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot oldilar.