“Oʻzstandart” agentligi tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida yosh mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, undan kelib chiqadigan vazifalari oʻrganildi.
“Yoshlarni qoʻllab - quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturida metrologiya sohasida ishlayotgan yoshlarning oʻrni va vazifalari shuningdek, davlat rahbarining mamlakat yoshlarining Forumida soʻzlagan nutqi asosida “Yangi Oʻzbekiston – yangi Renessans sari” shiori ostida agentlik tizimidagi yoshlar bilan manzilli ishlarni olib borishga alohida eʼtibor qaratildi.
Konstruktiv tarzda olib borilgan suhbat natijalariga koʻra, kelgusida agentlik va milliy metrologiya instituti rahbariyatining yoshlar bilan uchrashuvlarini tizimli tashkil etish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda ilmiy izlanishlarga yoʻnaltirish va bu jarayonda oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yana-da kuchaytirish lozimligi belgilandi.