Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2020-yil 28-sentyabr kuni oʻtkazilgan “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya milliy tizimini rivojlantirish masalalari toʻgʻrisida”gi yigʻilishda xalqaro standartlar bilan uygʻunlanish darajasini 2021-yilda 21 mingtaga (75 foiz) yetkazish boʻyicha topshiriq berilgan edi.

Bugungi kunda standartlashtirish sohasidagi meʼyoriy hujjatlarni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashish darajasini 75 foizga yetkazish boʻyicha sanoat sohalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida amalda boʻlgan 48 ta texnik reglamentlarga tegishli 4592 ta (74 foiz) standartlar 2020-yilda qabul qilindi. Ushbu koʻrsatkich 2021-yilda 5590 taga (90 foiz) yetkaziladi.