Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati GIZ ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzstandart” agentligi hamkorligida “Paxtachilik sanoatini barqaror rivojlantirish va qoʻshilgan qiymatni oshirish” loyihasi doirasida “Organik paxta yetishtirish standarti” boʻyicha oʻquv seminari oʻtkazildi.
Seminarida Navoiy, Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlaridan paxta-toʻqimachilik klasterlari rahbarlari, ish boshqaruvchilari, agronomlar hamda vazirlik va idoralarning masʼul xodimlari qatnashib, organik qishloq xoʻjaligi, organik paxta xom ashyosini yetishtirish agrotexnologiyasi, uning asosiy talablari, organik oʻgʻitlar, organik paxta standartini olish tartiblari va jarayonlari mavzulari boʻyicha xalqaro ekspertlar bilan tajriba almashdilar.
Oʻquv seminari Shveysariyaning “Organik qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti” (FiBL) ning ekspertlari tomonidan olib borildi. Ushbu loyiha Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi (BMZ) tomonidan moliyalashtirilmoqda.