Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 724-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yogʻ-moy mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamenti tasdiqlandi.

Mazkur texnik reglament Vazirlar Mahkamasining “Yogʻ-moy mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2017-yil 19-iyuldagi 520-son qarori oʻrniga amalga kiritilmoqda.

Ushbu texnik reglamentda yogʻ-moy mahsulotlari xavfsizligiga doir sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyenik normativlari, yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish, qadoqlash, tamgʻalash, saqlash, tashish, qaytarib olish va utilizatsiya qilish (qayta ishlash), muomalaga chiqarish, sotish, namuna olish, identifikatsiya qilish va muvofiqligini baholash hamda sinovdan oʻtkazish talablari oʻrnatilgan boʻlib, xalqaro normativ hujjatlar talablari bilan uygʻunlashtirildi.

“Yogʻ-moy mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglament rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgach, yaʼni 2021-yil 17-fevraldan amalga kiritiladi.