Italiyada standartlashtirish tashkiloti (UNI) tashkil etilganiga 100-yil toʻldi. Asr davomida UNI tashkiloti milliy va xalqaro standartlarni ishlab chiqishda va rivojlantirishda faol ishtirok etdi. Ishlab chiqilgan standartlar insonlar hayotini yaxshilashga, mahsulot va xizmatlarning sifatli va xavfsiz boʻlishiga zamin yaratdi.

UNI tashkilotining asrga teng yubeliy tadbiri, dunyo boʻylab davom etayotgan COVID-19 pandemiyasi tufayli onlayn tarzda boʻlib oʻtdi. Tadbirda taʼsischi tashkilot vakillari (ANIMA - Italiya mashinasozlik assotsiatsiyasi) hamda uning xalqaro sheriklari  ISO (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) va CEN (Yevropa standartlashtirish qoʻmitasi), ishbilarmon doira vakillari, boshqa manfaatlar vazirliklar va idoralar ishtirok etdi. Videoaloqa orqali nutq soʻzlagan ISO prezidenti Eddi Nyoge UNI tashkilotining xalqaro standartlashtirish sohasi rivojiga  qoʻshgan ulkan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi..

Yangi 100-yillik logotipning bir qismi sifatida UNI tashkiloti
2021-yilga moʻljallangan bir qator maxsus tadbirlarni rejalashtirmoqda, bunda standartlashtirishning jamiyatdagi roliga alohida eʼtibor qaratiladi.

Bugungi kunda ijtimoiy masʼuliyat, moliyaviy taʼlim, qulaylik va dizayn, barqaror jamiyat, aqlli shaharlar va infratuzilmalar, iqtisodiyot va ijtimoiy mavzudagi standartlarga talab tobora koʻpayib bormoqda.

UNI tashkiloti bunday standartlar iqtisodiy rivojlanishni uygʻunlashtirish, innovatsiyalarni ragʻbatlantirish va inson qadr-qimmatini taʼminlash uchun  muhim hisoblaydi.

Mazkur maqola Xalqaro standartlashtirish tashkilotining maʼlumotlariga asoslangan. Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun “Oʻzstandart” agentligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga yoki quyidagi havolaga murojaat qilishingiz mumkin https://www.iso.org/news/ref2621.html

“Oʻzstandart” agentligi

Xalqaro munosabatlar boshqarmasi