“Oʻzstandart” agentligi tizimidagi Qashqadaryo viloyati hududiy filiallarida  davlat tilida ish yuritilishi, rasmiylashtirilayotgan sinov bayonnomalari hamda sertifikatlarni davlat tilida rasmiylashtirilishining holati oʻrganildi.

Filiallarning laboratoriyalari va boshqa ish jarayonlari bilan yaqindan tanishilib, davlat tilida ish yuritishda nimalarga eʼtibor qaratilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Uchrashuvda Bosh direktorning maslahatchisi A.Pardayev tomonidan tashkilotlarda hujjatlarning davlat tilida boʻlishi va  yangi nashrdan chiqqan “Davlat tilida ish yuritish”  qoʻllanmasining ahamiyatli jihatlari tilga olindi.