“Oʻzstandart” agentligi Qashqadaryo hududiy filiallari xodimlari hamda agentlik masʼullari ishtirokida Alisher Navoiy asarlarida teran ifoda topgan milliy va umuminsoniy gʻoyalarning jahon tamaddunida tutgan oʻrnini hamda ulugʻ mutafakkirning adabiy-ilmiy merosini mamlakatimizda va xalqaro miqyosda yana-da chuqur tadqiq qilish va keng targʻib etish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Shuningdek, mazkur maʼrifiy uchrashuvda soʻzga chiqqanlar Yurtboshimiz tomonidan imzolangan “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi Qarori mazmun mohiyatiga keng toʻxtaldilar.