“Oʻzstandart” agentligi tomonidan sifatsiz, sertifikatlanmagan va qalbaki, Yevropa Ittifoqi va Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqida xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish axborot tizimlariga kiritilgan mamlakatlariga olib kirish taqiqlangan mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi va olib kirilayotganligi toʻgʻrisidagi axborot tizimini joriy etildi.
PLASTIK OʻYINCHOQ
Xabarnoma turi: jiddiy xavfli mahsulot
Mahsulot nomi: Yellow Duck
Markasi: nomaʼlum
Tavsifi: plastik sariq oʻrdaklar
Xavf turi: kimyoviy
Xavf: Oʻyinchoq tarkibida ortiqcha miqdordagi bis (2-etilgeksil) ftalat (DEHP) (oʻlchov qiymati: ogʻirligi 24,7%) va dibutilftalat (DBP) (oʻlchov qiymati: ogʻirligi 8,6%) mavjud. Ushbu ftalatlar yosh bolalar sogʻligʻi uchun xavfli boʻlib, reproduktiv tizimga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Mahsulot REACH reglamenti talablariga muvofiq emas.
Oʻrov-idishi: Poliyetilenovыy paket.
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: Xitoy Xalq Respublikasi
Axborot tizimiga kiritilgan sifatsiz mahsulotlar bilan sontrol.standart.uz elektron manzilida batafsil tanishishingiz mumkin.
PLASTIK QOʻGʻIRCHOQ
Xabarnoma turi: jiddiy xavfli mahsulot
Mahsulot nomi: Fish Doll
Markasi: nomaʼlum
Tavsifi: Suv parisi koʻrinishidagi plastik qoʻgʻirchoq
Xavf turi: kimyoviy
Xavf: Oʻyinchoqda tarkibida ortiqcha miqdordagi bis (2-etilgeksil) ftalat (DEHP) (oʻlchov qiymati: ogʻirligi 33,6%) mavjud. Ushbu ftalatlar yosh bolalar sogʻligʻi uchun xavfli boʻlib, reproduktiv tizimga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Mahsulot REACH reglamenti talablariga muvofiq emas.
Oʻrov-idishi: Old tomoni shaffof, karton quti.
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: Xitoy Xalq Respublikasi
Xabarnoma Polshadan tarqatilgan.
Axborot tizimiga kiritilgan sifatsiz mahsulotlar bilan sontrol.standart.uz elektron manzilida batafsil tanishishingiz mumkin.