Oʻzbekiston milliy matbuot markazida “Oʻzstandart” agentligi tashabbusi bilan Prezidentimizning Oliy Majlisga va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasida sohaga oid belgilab berilgan vazifalar va ularning ijrosiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Murojaatnomada Mamlakatimizning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini olishi hamda ushbu tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlar bozorlarida toʻlaqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish meʼyorlarini ularning talablariga moslashtirish boʻyicha ishlarni jadallashtirish zarurligi belgilab qoʻyildi.

Shu bilan birga  “Oʻzstandart” agentligi oldida ham sohaga doir bir qator vazifalar yuklatildi.

Matbuot anjumani davomida jurnalistlar sohaga oid savollarga javoblar oldilar.